Uzbekistan Airways’ning xabar berishicha, yoʻlovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan 2022-yil 7-martdan boshlab dushanba kunlari Toshkent — Irkutsk — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

  • Toshkentdan uchish: 05:25 (Toshkent vaqti bilan)
  • Irkutskka yetib borish: 12:45 (Irkutsk vaqti bilan)
  • Irkutskdan uchish: 14:45 (Irkutsk vaqti bilan)
  • Toshkentga yetib borish: 16:35 (Toshkent vaqti bilan)

Toshkent — Irkutsk yoʻnalishida aviachipta 2 066 187 soʻmdan, Toshkent — Irkutsk — Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalar esa 3 689 207 soʻmdan boshlanadi (narxlar 25.02.2022 holatiga koʻra amal qiladi).

Avvalroq “Uzbekistan Airways” Rossiya shaharlariga bir qator reyslarni bekor qilgan edi.