Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning yanvar oyidagi tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar haqida maʼlumot berildi.

Unga koʻra, ushbu roʻyxatda Xitoy yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlardan mos ravishda Rossiya va Qozogʻiston joy oldi:

  • Xitoy — $621 mln, eksport — $157,1 mln, import $463,8 mln
  • Rossiya — $573,3 mln, eksport — $180,7 mln, import $392,6 mln
  • Qozogʻiston — $266,8 mln, eksport — $60,9 mln, import $205,8 mln
  • Turkiya — $266,1 mln, eksport — $121,6 mln, import $144,5 mln
  • Koreya — $213,4 mln, eksport — $2,3 mln, import $211 mln
  • Qirgʻiz Respublikasi — $60,3 mln, eksport — $51,3 mln, import $9 mln
  • Ukraina — $48,9 mln, eksport — $13,3 mln, import $35,6 mln
  • Germaniya — $45,3 mln, eksport — $5,7 mln, import $39,5 mln
  • Hindiston — $44,5 mln, eksport — $1,6 mln, import $42,9 mln
  • Tojikiston — $43,1 mln, eksport — $32,9 mln, import $10,2 mln

2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $3,5 mlrd ga teng boʻldi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $1,4 mlrd.ni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar — $1,2 mlrd, xizmatlar — $176,5 mln.

Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi $2,1 mlrd.ga teng boʻldi. Bunda: mahsulotlar — $1,9 mlrd, xizmatlar — 147,1 mln.ga borgan.