“Uzbekistan Airways” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent — Moskva — Toshkent” va “Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent” yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyiladi.

  • “Toshkent — Moskva — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar 9-martdan 14-martgacha;
  • “Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha esa 2022-yilning 11, 13 va 14-mart kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin, deyiladi xabarda.

Avvalroq Spot Toshkentdan Yekaterinburgga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.