Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.

Oʻtgan hafta holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagichani tashkil etdi:

  • suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000−70 000 soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000−80 000 soʻm;
  • kartoshka (1 kg) — 3 000−7 000 soʻm;
  • piyoz (1 kg) — 1 500−5 000 soʻm;
  • sabzi (1 kg) — 1 000−5 000 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 6 000−14 000 soʻm;
  • guruch (1 kg) — 5 000−17 500 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 l) — 13 600−24 000 soʻm;
  • shakar (1 kg) — 8 000−10 500 soʻm.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Avvalroq Spot Pokiston Oʻzbekistonga goʻsht yetkazib berishni yoʻlga qoʻyganligi haqida yozgan edi.