Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga koʻra, joriy yilning 1-yanvaridan 28-fevraligacha boʻlgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,8% ga oʻsdi.

Berilgan kreditlar hajmining oʻsishi Toshkent (2,1 barobar), Xorazm (26,3%), Fargʻona (17,7%), Namangan (17,4%) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Tahlil qilinayotgan davrda Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 46,6% ga oʻsdi. Birjada savdo faolligining sezilarli oʻsishi Xorazm (76,3%), Jizzax (53%), Toshkent (51%) viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (48,2%) va Toshkent shahrida (92,8%) kuzatilmoqda.

Avvalroq Oʻzbekistonda oʻtgan ikki oy ichida soliq tushumlari hajmi 20% ga oshganligi haqida xabar berilgandi.