Milliarderning fikricha insoniyat uchun xavfli omillardan biri — bu Yer sayyorasida tug’ilish sonining kamayishi bilan bog’liq bo’ladi.

Uning fikricha, odamlar yer yuzida ular juda ko’pchilikni tashkil etadi degan yolg’on fikr bilan yashamoqdalar.

Axel Springer bosh direktori bilan bo’lgan intervyuda Ilon Mask yashab qolish va sun’iy intellektning rivojlanishi “boshqacha” tus olishi mumkinligi haqida ham gapirib o’tgan.

Shuningdek, tadbirkor insoniyatga zarar yetkazadigan holatda robototexnika va sun’iy intellektga yon bosmasligini tan oldi.

Kelajak uchun xavf bo’ladigan yana bir omil — bu diniy ekstremizm.

Maskning fikriga ko’ra, kelajak sivilizatsiyasi uchun eng katta umid bu — Marsda haqiqiy shahar barpo etishdan iborat.

Agar Marsda shunday shahar paydo bo’lsa insonlarning yashash darajasi sezilarli oshgan bo’lar edi, deya fikriga izoh berdi u.

Avvalroq Mask 2024-yilga kelib dunyoning birinchi trillioneriga aylanishi mumkinligi haqidaxabar berilgan edi.