Prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kungi videoselektor yigʻilishida viloyat hokimlariga yuqori koeffitsiyentli 120 ta maktabda oʻqish sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash topshirildi.

Ular 1-avgustga qadar 960 ta maktabni kompyuter sinfi bilan taʼminlash, 740 tasini jihozlash ishlarini yakunlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Umuman, 5,5 mingta kompyuter sinflarini yangilash boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi.

Bunga respublika byudjetidan 200 mlrd soʻm, mahalliy byudjetlardan ham 200 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

Mutasaddilarga yangi oʻquv yilidan boshlab kichik maktablarda internet tezligini sekundiga 40 Megabit, katta maktablarda esa kamida 100 Megabit boʻlishini taʼminlash, maktablar uchun alohida imtiyozli tariflarni tasdiqlash topshirildi.

Bundan tashqari, namunali oʻquvchining ota-onasiga minnatdorchilik xati va sovgʻalar topshirib borishni tizimli yoʻlga qoʻyish kerakligi, har chorakda eng namunali ota-onalarni ragʻbatlantirib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish muhimligi aytildi.

Mavzuga doir: Tadbirkorlarga oshxonasi mavjud boʻlmagan maktablar binosidan ijara toʻlovisiz foydalanishga ruxsat beriladi.