UzAuto Motors kompaniyasi Rossiyaga avtomobillar eksportini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Eurasianet GM’ga tayanib xabar berdi.

Bunday qadamga Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng Janubiy Koreyaning Rossiyaga qarshi joriy etgan sanksiyalari sabab bo‘lgan. Agar Rossiya bozoriga avtomobil jo‘natishda davom etilsa, Koreya kompaniyalari Asaka zavodiga butlovchi qismlar, xususan, mikrosxemalarni yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin edi.

Nashrning qayd etishicha, o‘tgan yili UzAuto Motors elektron qismlarni yetkazib berishda uzilishlarga duch kelgan. Kompaniya vakili yetkazib berishning to’xtatilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi yoki rad etdi.

“GMning maʼlumotlariga koʻra, UzAuto 2022-yil 9-martdan boshlab Chevrolet avtomobillarini Rossiyaga eksport qilishni toʻxtatdi”, — deyiladi nashrga GMning AQShdagi bosh qarorgohida.

O’z navbatida, konsern Rossiya portlari orqali avtomobillarni yoki ular uchun ehtiyot qismlarni tashish va jo’natishdan bosh tortganini tasdiqladi. Biroq ular yana Rossiyaga avtomobillar sotuvi haqida izoh berishdan bosh tortdilar.

Mikrosxemalar yetishmasligi sababli UzAuto Motors 2021 yilda ishlab chiqarish hajmi 15% ga kamayib, 236 667 ta avtomobilni tashkil qildi. Avtomobillarni sotib olish uchun ko’plab navbatlar paydo bo’ldi va dekabr oyi oxirida kompaniya ikki oydan ko’proq vaqtga shartnoma tuzishni to’xtatdi.

O’tgan yili avtomobillar eksporti 28 952 donani tashkil etdi. Ularning 93% dan ortigʻi Qozogʻistonga toʻgʻri keldi (birinchi 9 oy davomida Qozogʻiston bozorining ulushi 96% ga yetdi).

O‘zbekiston avtomobil sanoati eksport bozorlari ro‘yxatida Rossiya 465 ta (1,5%) avtomobil bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Taqqoslash uchun, Ukrainaga ikki barobar ko’p — 929 ta mashina (3,2%) jo’natildi.

Shu bilan birga, nashr o‘zbek avtomobillarini Qozog‘istondan Rossiyaga reeksport qilish imkoniyatini ham istisno etmaydi — har ikki davlat ham YeOII a’zolari va o‘zaro erkin savdo qilish huquqiga ega.

2021-yil oxirida UzAuto-ning rossiyalik dilerlari avtomobilsozlikdagi inqiroz tufayli yangi avtomobillarni yetkazib berishdagi uzilishlar haqida gapirdi. Keyin yangi yetkazib berishlar 2022 yilning yozida kutilgan edi.

Avvalroq Spot UzAuto Motors avtomobillarning birinchi partiyasini Livanga jo‘natgani haqida xabar bergan edi.