23 va 24-aprel kunlari soat 16:00 da Yakkasaroydagi IT-Markazida Frontend-dasturlash boʻyicha rus tilida bepul ochiq dars boʻlib oʻtadi.

Tadbirdan asosiy maqsad — talabalarni yangi texnologiyalar va aktual kasblar bilan tanishtirish, IT sohasini ommalashtirish va ularni ommabop va qiziqarli yo‘nalishni o‘rganishga undashdan iborat.

Darslarni veb-dasturlash va veb-dizayn boʻyicha tajribali mutaxassis — Arslan Koptleulov olib boradi. Ikki kunlik trening davomida talabalar Frontend-dasturlash asoslari va u oʻz ichiga olgan tillar bilan tanishadilar.

Zamonaviy dunyoda hayotni texnologiyasiz tasavvur qilib boʻlmaydi va IT-mutaxassisliklari bugungi kunda eng talab qilinadigan sohalardan biri.

Ochiq darsda qatnashish nafaqat yoʻnalishning afzalliklari va boʻlajak mutaxassislar uchun imkoniyatlar haqida bilish, balki kursni aniqlash va toʻliq kursga yozilishga yordam beradi.

Manzil: Shota Rustaveli ko‘chasi, 17, Barkamol avlod binosi;

Lokatsiya: https://clck.ru/agcun Batafsil maʼlumot uchun: +998 93 390 09 90. Telegram orqali yozilish uchun: @ITC_Yakkasaroy