30-aprel kuni soat 16:00da IT Park Toshkent filialida “Investor uchun taqdimot qanday yaratiladi” mavzusida seminar tashkil etiladi.

Tadbirda spiker sifatida, “I2BF Global Ventures” Amerika venchur kapital fondining investitsiya bo‘yicha direktori, Seed va A bosqichida moliyalashtirish yo‘nalishi mutaxassisi Denis Kalishkin ishtirok etadi.

Seminarda Denis Kalishkin muvaffaqiyatli taqdimot yaratishga oid qimmatli maslahatlar bilan bo‘lishadi. Bundan tashqari, u AQSh, Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya va Qozog‘iston IT-kompaniyalari bilan ishlash tajribasi haqida ham so‘z yuritadi.

Ma’ruza va seminar rus tilida olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Spiker haqida qisqacha ma'lumot:

  • Vertical SaaS, Industry 4.0, mashinali o‘qitish, avtomatlashtirish, RPA, robototexnika, AR/VR, DeepTech va kosmik texnologiyalarga 8 yil davomida sarmoya kiritgan;
  • Kalishkin, shuningdek, IT-tadbirkorlar uchun ask-vc.ru media-loyihasi asoschisi hisoblanadi. U tomonidan platformada taklif etilgan ma’ruzachilar bilan birgalikda biznesni rivojlantirish bo‘yicha 65 ta amaliy vebinar o‘tkazildi;
  • “I2BF Global Ventures” AQSh venchur fondi bo‘lib, bosh ofisi Nyu-Yorkda joylashgan. “I2BF” portfoliosi axborot, bio- va kosmik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi 30 dan ortiq kompaniyalarni o‘z ichiga oladi.