20-maydan boshlab Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Moskvadan (Sheremetevo) — Toshkent — Moskva yoʻnalishda toʻgʻridan toʻgʻri muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda.

Parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Moskva — Toshkent

  • joʻnab ketish — 19:45;
  • yetib kelish — 01:45.

Toshkent — Moskva

  1. joʻnab ketish — 03:45;
  2. yetib kelish — 06:10.

“Aeroflot"ning Moskvadan toʻgʻridan toʻgʻri reyslari yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan 21-maydan “Rossiya” aviakompaniyasining Sochidan Toshkentga parvozlari bekor qilindi. Yoʻlovchilar Moskvadan reyslarga qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Mavzuga doir: 1-oktabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga moʻljallangan yangi “Silk avia” aviakompaniyasi tashkil etiladi.