Yigʻilishda xorijiy va ichki sayyohlarning aviaqatnovlarga boʻlgan talabini qondirish boʻyicha qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan:

  • 1-iyuldan “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga koʻrsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi;
  • yil yakunigacha mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga 48 tadan 60 taga, tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 6 taga yetkaziladi;
  • 1-oktabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga moʻljallangan yangi “Silk avia” aviakompaniyasi tashkil etiladi;
  • aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot toʻliq ekonom-klassga oʻtkaziladi (bunda tariflar 20 foizga arzonlashadi).

Turizm va Transport vazirliklariga bir oy muddatda turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash konsepsiyasini taqdimot qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.