Moliya vazirligining xabar berishicha, byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS-xabarnoma koʻrinishida yuborish tizimi joriy etildi.

Vazirlik Axborot texnologiyalari markazi tomonidan UzASBO dasturiy majmuasida xodimlarning mobil telefon raqami kiritilganligi boʻyicha toʻliq tekshiruv oʻtkazilgan. Mobil raqam kiritilmagan xodimlarning maʼlumoti tuzilib, raqamlarni tizimga kiritish, uning afzalliklari tashkilot mutasaddilariga tushuntirilgan.

“Hozirda byudjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi toʻgʻrisida SMS xabarnoma yuborish tizimi joriy etilishi natijasida xodimlarga juda koʻp qulayliklar yaratildi. Bu xodimlarga oʻz oylik ish haqi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (начислено-удержано-оплачено) koʻrish imkoniyatini beradi”, deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, buning natijasida xodimning ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari biriktirilgan xabarnoma mobil telefon raqamiga SMS koʻrinishida bosqichma-bosqich barcha tashkilotlarga yuborilishi yoʻlga qoʻyildi.