PSJ klubi bir necha yillik mish-mishlarga barham berib, Kilian Mbappeni oʻz safida olib qolishga muvaffaq boʻldi. Parij klubi futbolchi bilan 2025-yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolanganini maʼlum qildi.

Ayrim manbalarning taʼkidlashicha, erkin agentga aylanishi mumkin boʻlgan superyulduzga fransuz klubida qolishi uchun 300 mln yevro bonus berilishi vaʼda qilingan.

Agar real faktlarga qaraydigan boʻlsak, Kilian yangi shartnomasiga koʻra, yiliga 56 mln yevro maosh oladi. Boshqacha aytganda, uning vaqt birligi davomida ishlab topadigan summasi quyidagichani tashkil etadi:

  • yiliga — 56 mln yevro
  • oyiga — 4,7 mln yevro
  • haftasiga — 1 mln 175 ming yevro
  • kuniga — 167 ming 857 yevro
  • soatiga — 6 994 yevro
  • daqiqasiga — 116 yevro
  • sekundiga — 1,95 yevro

Mavzuga doir: Shomurodov “Roma"da qancha maosh oladi?