Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Qozogʻistondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi boʻyicha bugʻdoy yetakchilik qilmoqda.

Ushbu koʻrsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha koʻrinish oldi:

  • Bugʻdoy — 1,1 mln tonna
  • Bugʻdoy uni — 122,8 ming tonna
  • Oʻsimlik yogʻi — 24,3 ming tonna
  • Margarin mahsulotlari — 16,3 ming tonna
  • qoramol goʻshti — 4 ming tonna;
  • arpa — 38,2 ming tonna;
  • makkajoʻxori — 23 ming tonna;
  • kartoshka — 22,4 ming tonna;
  • qandolat mahsulotlari — 720 tonna.

Bundan oldin Oʻzbekiston un importi hajmini oshirgani xabar berilgandi.