Toshkent shahrida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “ToshIEM"ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli, bir necha tumanlarning ayrim hududlarida 2022-yil 20-iyun soat 18:00 dan 21-iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv taʼminoti vaqtincha qisman toʻxtatiladi.

Ushbu tumanlar:

  • Mirobod;
  • Yakkasaroy;
  • Yashnobod;
  • Mirzo Ulugʻbek;
  • Yunusobod;
  • Shayxontohur;
  • Chilonzor;
  • Sergeli.

Yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv taʼminoti tiklanishi aytilgan.