Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston $335 mln.lik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning 5 oyida eng koʻp meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozogʻiston va Rossiya yetakchilik qilmoqda:

  • Qozogʻiston — 314 ming tonna;
  • Rossiya — 118 ming tonna;
  • Qirgʻiziston — 53 ming tonna;
  • Xitoy — 48 ming tonna;
  • Afgʻoniston — 19 ming tonna;
  • Belarus — 11 ming tonna;
  • Pokiston — 7 ming tonna;
  • Turkiya — 6 ming tonna;
  • Ukraina — 4,9 ming tonna;
  • Eron — 4,5 ming tonna;
  • Ozarbayjon — 3,8 ming tonna;
  • BAA — 3 ming tonna;
  • Germaniya — 1 ming tonna.

Mavzuga doir: Oʻzbekistonning tashqi bozordagi eng raqobatbardosh meva-sabzavotlari aniqlandi.