Davlat statistika qoʻmitasi 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlarni eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatda Xitoy yetakchilik qilmoqda:

  • Xitoy — $1052 mln
  • Rossiya — $939,4 mln
  • Turkiya — $741,4 mln
  • Qozogʻiston — $489 mln
  • Qirgʻiz Respublikasi — $354 mln
  • Afgʻoniston — $307 mln
  • Tojikiston — $171 mln
  • Kanada — $71 mln
  • Eron — $69 mln
  • Turkmaniston — $63 mln.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston yanvar-may oylarida xorijga $335 millionlik meva va sabzavotlar eksport qilgani haqida yozgan edi.