“Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida navbatdagi nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Nazorat tadbirlari davomida neft mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 44 ta xususiy korxonalarga qarashli AYoQShlarda umumiy miqdori 108 ming litr neft mahsulotlari bilan bogʻliq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan:

  • AYoQShlarda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 34 ming litr mahsulot sifatsiz ekanligi;
  • 60 ming litr kamomad, 15 ming litr ortiqchalik va 299 litr asossiz hisobdan chiqarish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi;
  • 10 ta holatda isteʼmolchilar haqidan har 10 litrda; 30 millilitrdan 750 millilitrgacha kam quyib berilayotganligi;
  • Shuningdek, AYoQShlarda 70 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Respublika boʻyicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Namangan viloyati (55,4 ming litr), Fargʻona viloyati (27 ming litr), Sirdaryo viloyati (14,2 ming litr), Surxondaryo viloyati (4,2 ming litr), Qashqadaryo viloyat (2,7 ming litr) lariga toʻgʻri kelmoqda.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora koʻrish uchun Huquqni muhofaza qilish organlariga muntazam ravishda yuborilmoqda.

Bundan avvalgi nazorat tadbirlarida 40 dan ortiq xususiy yoqilgʻi quyish shoxobchalari benzinni kam toʻldirayotgani aniqlangan edi.