Transport vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Rossiyaga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Mazkur yoʻnalishlarda qatnovlar Uzautotrans service korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi.

18-iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent — Moskva yoʻnalishida qatnovlar amalga oshiriladi.

  • Mazkur yoʻnalishda chipta narxi — 1 000 000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkent — Qozon yoʻnalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi.

  • Chipta narxi — 800 000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkent — Sankt-Peterburg yoʻnalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yoʻnalish boʻylab harakatlanishni boshlaydi.

  • Ushbu yoʻnalishga chiptalar 1 250 000 soʻmdan sotiladi.

Avvalroq Spot rossiyaliklarning Oʻzbekistonga parvozlari keskin oshganligi haqida yozgan edi.