Oʻzbekiston tijorat banklari dollar kursini 3 kun davomida 70 so‘mga tushirdi.

Bir kun avval Markaziy bankga koʻra, AQSh valyutasi kursi 17 so‘m 55 tiyinga pastlab, 10 908 so‘mni tashkil qilgan edi.

Umuman olganda, Amerika valyutasi oʻtgan uch kun ichida 62 soʻmga kamaydi.

Hozir aksariyat moliya muassasalarida sotish kursi 10 960 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 10 860 so‘mdan 10 940 so‘mgacha.

Eng maqbul xarid kursini “Asia Alliance Bank”, “Invest Finance Bank”, “Agrobank”, “Ipoteka-bank”, sotish kursini esa — “Aloqabank”, “Kapitalbank”, “O‘zmilliybank”, “Trastbank” va yana 14 ta bank takliq qilmoqda.

Ilgari “Spot” Oʻzbekistonliklarning xorijdan pul o‘tkazmalari $4,1 mlrdni tashkil etgani haqoda xabar bergandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 61%ga ko‘pdir.