“Uzbekistan Airways” joriy yilning kuz mavsumidan Urganch-Rim-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aviakompaniya xabariga koʻra, reyslar quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:

  • Urganchdan uchish — 14:40 (Toshkent vaqti bilan);
  • Rimga yetib borish — 17:45 (Rim vaqti bilan);
  • Rimdan uchish — 19:15 (Rim vaqti bilan);
  • Toshkentga yetib kelish — 04:15 (Toshkent vaqti bilan).

Urganch-Rim yoʻnalishi boʻyicha bagaj bilan aviachipta 3 705 265 soʻmdan, Urganch-Rim-Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalar esa 7 025 360 soʻmdan boshlanadi.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” iOS va Android ilovalarini qayta ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.