“Uzbekistan Airways” aviachiptalarni xarid qilish uchun mobil ilovani ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, endi yoʻlovchilar uydan chiqmay turib mobil ilova orqali aviachiptalarni xarid qilishlari mumkin. Bundan tashqari, mobil ilova yoʻlovchiga aviachiptalarni tekshirish, joy tanlash, qoʻshimcha bagaj va maxsus ovqat turlari tanlash kabi qoʻshimcha xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

“Shuningdek, har bir foydalanuvchi uchun maʼlum yoʻnalishlar boʻyicha maxsus takliflar mavjud”, deyiladi xabarda.

Ilovani App Store yoki Play Market orqali yuklab olish mumkinligi eslatib oʻtilgan.

Avvalroq Fargʻona vodiysi viloyatlari uchun yagona boʻlgan yirik aeroport qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.