Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 63,5 ming tonna banan import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming tonnaga oshgan.

Mamlakat eng ko‘p banan import qilgan davlatlar:

  • Ekvador — 62,7 ming tonna;
  • Qozog‘iston — 426 tonna;
  • Turkiya — 197 tonna;
  • Hindiston — 144 tonna.

Avvalroq “Spot” Oʻzbekistonga Hindistondan banan, soya va guruch import qilishga ruxsat berilgani haqida xabar e’lon qilgan edi.