Joriy yil 28-iyul kuni Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev Hindiston qishloq xoʻjaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.

Oʻz navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi oʻzbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Muzokaralarda ayrim qishloq xoʻjaligi kompaniyalarining investitsiya rejalari bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilingan.

Avvalroq “Spot” Hindiston 2016-yildan beri birinchi marta shakar eksportini cheklagani haqida yozgan edi.