“Alibaba Group” oʻzbek biznesi uchun oʻzining elektron tijorat platformasi taqdimotini oʻtkazdi, deb yozadi “Dunyo” axborot agentligi.

Tadbirda 200 dan ortiq tadbirkorlar, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi vakillari ishtirok etdi.

Xitoy kompaniyasi xodimlari Alibaba.com platformasining imkoniyatlari, shartnomalar istiqbollari va hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

“Alibaba” O‘zbekistonning onlayn-pavilyoniga ulanish jarayonining shartlari va tafsilotlarini ham oshkor qildi. Uning ishga tushirilishi sentabr oyida kutilmoqda.

Ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan mahsulotlar 190 dan ortiq mamlakatlarda namoyish etilishi kutilmoqda.

Alibaba.com o‘zbekistonlik tadbirkorlarni platformadan foydalanish va ularning ishini optimallashtirishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Hamda 300 dan ortiq kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tishda moliyaviy yordam beradi.

Alibaba.com — 40 ta ishlab chiqarish sektoriga ega dunyodagi eng yirik B2B savdo platformalaridan biridir. Platforma dunyoning 190 ta davlatida faoliyat yuritadi.