AQSh Senati sog‘liqni saqlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va inflyatsiyani pasaytirish uchun $430 mlrd ajratishni o‘z ichiga olgan yirik qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar beradi “CNBC”.
Hujjat ustida bir yarim yildan ortiq vaqt davomida ish olib borildi, deb yozadi “Business Insider”.
Qonun loyihasiga ko‘ra, taxminan $370 mlrd energiya xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi dasturlarga yo‘naltiriladi.
Bularga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (quyosh va shamol) foydalanishni kengaytirish, toza yoqilg‘iga o‘tish va amerikaliklarni elektromobillardan foydalanishga undash uchun soliq imtiyozlarini joriy etish kiradi.
Qonun loyihasining yana bir muhim qoidasi retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari va tibbiy sug‘urta narxini pasaytirish bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun $64 mlrd ajratiladi.
Senat bu tashabbusni o‘tgan hafta ma’qulladi, endi qonun loyihasini prezident Jo Bayden imzolashi kerak.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni ishtirokida $2,7 mlrdlik loyihalar amalga oshirilayotgani haqida xabar bergandi.