Prezident farmoni bilan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra, 2023-yildan mazkur mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘lib, bu tartib 30 kunga amal qiladi.

Bunda ulardan faqatgina Saudiya Arabistoniga qaytib uchib ketish chiptalarini ko‘rsatishlari talab qilinadi.


Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 45 mlrd riyol ($11,9 mlrd) bo‘lgan 10 ta investitsiya shartnomasini imzolagani haqida xabar bergandi.

“Arab news” nashriga ko‘ra, ular orasida Saudiyaning “ACWA Power kompaniyasi” bilan O‘zbekistonda 1500 megavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha 25 yillik miqdori $2,4 mlrd.ga teng shartnoma ham bor.

Loyiha 2031-yilgacha mamlakatga elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning 40%ini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarish maqsadiga erishishga yordam berishni ko‘zda tutadi.