Tadbirkor Alisher Usmonov “Safisa” VIP banket zalini sotib olganidan 7 oy o‘tib sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi, xabar berdi “Vedomosti” nashri. Bunga “Forbes” ahamiyat berdi.

Restoranning yangi egalari “PVS va IAM” asoschilari, biznesmenlar Vachagan Petrosov (70%) va Azik Ilishayev (30%) bo‘ldi.

“Safisa” bir necha bor egalarini o‘zgartirgan. Usmonov kompaniyasi zalni “Vi Holding” prezidenti Vitaliy Mashchitskiydan 2022-yil yanvarida sotib olgan.

Mazkur banket zal 2005-yilda Cherkizovskiy bozorining sobiq egasi Telman Ismoilov tomonidan qurilgan.

Moskvadagi eng mashhur banket zallaridan biri 3000 dan ortiq tadbirlarga mezbonlik qilgan, unda 100 dan ortiq yulduz san’atkorlar chiqish qilgan.

Billur qandillar, marmar pollar va zarhal zinapoyalarga ega ikki qavatli qasrda siyosiy bayramlar nishonlanadi va “Forbes” ro‘yxatidagi milliarder oilalarning bazmlari o‘tkaziladi.


“Spot” avval Alisher Usmonov Oʻzbekistonga sarmoya kiritish uchun eng qiziqarli yoʻnalishlarni sanab oʻtgani haqida yozgandi.