Toshkent shahrida uch qavatdan iborat tijorat binosi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Bino Shayxontohur tumanida joylashgan bo‘lib, 1999-yilda qurilgan.

Umumiy maydoni 1851 kv. metrni tashkil etadigan binoda 52 ta xona mavjud. Binoda elektr energiyasi, gaz va suv hamda kanalizatsiya bor.

Boshlangʻich sotuv narxi 11,2 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 562 mln soʻmni tashkil qiladi.

Auksion 29-sentabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.



“Spot” avvalroq Hamid Olimjondagi savdo do‘koni va omborxona binosining bir qismi auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.