Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Chorkesar va Yangiobod maxsus poligonlarini rekultivatsiya qilish bo‘yicha grant loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qiymati 7 mln yevroga teng grant shartnomasi imzolangan.

Xususan, 2021-yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi va YeTTB o‘rtasida konsultativ yordam ko‘rsatilishi uchun 2 mln yevro miqdoridagi birinchi bitim imzolangandi.

Jami 9 mln yevro miqdoridagi grant bankning Markaziy Osiyo uchun Atrof-muhitni reabilitatsiya qilish ekologik hisobidan moliyalashtiriladi.

Loyiha doirasida 2025-yilgacha maxsus uchastkalarni ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya qilish ko‘zlangan.

Rekultivatsiya ishlari 2023-yilning birinchi choragida boshlanib, taxminan ikki yil ichida yakunlanishi belgilangan.

Shuningdek, qurilish va reabilitatsiya ishlari mahalliy va germaniyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi ta’kidlangan.


Avvalroq ekologiya qoʻmitasi 831 ta holatda tadbirkorlar huquqlarini buzgani aniqlangandi.

Shundan, 527 ta holatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq qonunchilik talablari buzilgan.