Kichik mobil gibrid quyosh fotoelektr stansiyasi yaratildi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qurilma Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan bo‘lib, quvvati 2 kVt.ni tashkil etadi.

U kunduz kuni quyosh orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda elektr energiyasini o‘zida saqlaydi.

Shuningdek, Quyosh botgan paytda yoqilg‘i orqali (benzin, dizel) ham elektr energiyasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Qurilma aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari, olis cho‘l hududlari, elektr tarmog‘i tortib borilishi qiyin bo‘lgan olis tog‘li hududlarda elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.

Avvalroq Navoiyda o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasi kuniga 1 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi haqida xabar berilgandi.

Loyiha qiymati $110 mln.ni tashkil etib, u 80 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan oyida Farg‘onada quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga toshirildi.