Toshkentda “Mening muvaffaqiyatlarim va kamchiliklarim: muvaffaqiyatli IT-startapni qay tarzda ishga tushirish va boshqarish kerak” mavzusida Startup uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” xabar berdi.

Uchrashuv mehmoni — yirik fintech kompaniyasi “Paynet”, “Obke.uz”, “Lebazar.uz” brendlari, “Astrum” IT-Akademiyasi asoschisi Botir Arifjanov.

Spiker IT-sanoatda biznes-modelni to‘g‘ri shakllantirish, kompaniyani amalda chiqishga qanday tayyorlash, venchur investorlar nimalarga e’tibor berishlari va loyihani sotib olishlari uchun uni qanday taqdim etish kerakligi haqida gapiradi.

Shuningdek, quyidagi mavzularda so‘z botradi:

  • investitsiya bozorining tuzilishi va hozirgi tendensiyalari;
  • IT-mutaxassislar kompaniya ichidagi biznes jarayonlarga qanday samarali ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
  • yangi bozorlarda IT-biznesni malakali boshqarish;
  • IT-kompaniyani samarali boshqarish, investorlarni topish va jalb qilish usullari.

Uchrashuv joriy yilning 16-sentabr kuni, soat 18:00da “IT Park"da o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, rus tilida olib boriladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Spiker haqida:

Botir Arifjanov “Paynet”, “Obke.uz”, “Lebazar.uz” brendlari hamda “Astrum” IT Akademiyasining asoschisi.

Spiker moliyaviy texnologiyalar va elektron tijoratga ixtisoslashgan seriyali texnologiya tadbirkori, shuningdek, Misrdagi eng yirik to‘lov tarmoqlaridan biriga asos solgan, birinchi bo‘lib bozorda blokcheyn texnologiyasini joriy qilgan.

Dubay, Moskva, Singapur va Istanbulda elektron tijorat loyihalarini yaratdi.

Shuningdek, uning “Khanacademy.org” bilan hamkorlikda “Bill & Melinda Gates Foundation” tashkiloti ko‘magida yaratilgan “Khan Academy Uzbek” loyihasi MIT va Garvard bitiruvchisi Salmon Xonning maktab fanlari bo‘yicha dunyoga mashhur videoma’ruzalari to‘plamini mahalliylashtirmoqda.