“Sug‘urta Bozor” UzVC venchur fondidan $100 ming miqdorida sarmoya jalb qildi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha O‘zbekistondagi sug‘urta kompaniyalari va aholi o‘rtasidagi aloqa uzilishi muammosini bartaraf etishga qaratilgan.

UzVC” milliy venchur fondi innovatsion loyihalar va startap ekotizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bu fondning “Sturgeon Capital” bilan hamkorlikda uchinchi startapni moliyalashtirishi hisoblanadi.

Avvalroq “Zypl.ai” sun’iy intellektda ishlaydigan dasturiy ta’minot yaratish yo‘nalishidagi kompaniyani moliyalashtirgan.

Startap haqida

Sug‘urta Bozor” loyihasi 2021-yilda tashkil etilgan va joriy yilning iyun oyida ishga tushirilgan. Jamoada 9 kishi faoliyat yuritadi, shundan 4 nafari hammuassislardir.

Birinchi yil davomida jamoa “OSGOVTS” va “CASCO” kabi sug‘urta polislarini sotish uchun platforma yaratdi.

Loyiha muassislari “Uzcard Ventures” va “Aloqa Ventures” akseleratsiya dasturlarida ishtirok etgan.


Avvalroq, Rossiyaning Saransk shahrida o‘tkazilgan “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida “IT Park” jamoasi 3-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi.