Rossiya Prezidenti tomonidan imzolangant tegishli qaror bilan 2013-yildan mamlakatda xorijiy banklarning filiallarini ochishi taqiqlangandi.

Endi esa Rossiya Markaziy banki xorijiy banklarga mamlakatda filiallarini ochishga ruxsat berishni taklif qildi, deya xabar berdi “Ведомости” Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

Biroq faqat do‘stona mamlakatlar tashkilotlari o‘z filiallarini ochishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, umuman olganda, filiallar faqat jismoniy va yuridik shaxslar uchun bank hisoblarini ochadi va yuritadi.

Ular, ehtimol, o‘z mablag‘larini depozitlarga jalb qila olmaydi, inkassatsiya bilan shug‘ullana olmaydi.

Shuningdek, Moskva birjasidan tashqari valyutani sotib olish va sotishni taklif qila olmaydi.


“Spot” avvalroq “Tinkoff Business” O‘zbekistonga valyuta o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.