Toshkent shahar hokimi vakili va “Scope Investment” investitsion xoldingi ijrochi direktori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kompaniya vakili Toshkent shahrida raqamli boshqarish bo‘yicha aqlli shahar, aqlli yo‘llar, aqlli infratuzilma kabi ishlanmalarini taklif qilishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, kompaniya shahar transportini boshqarish sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bunda xavfsizlik, optimallashtirish va aqlli transport infratuzilmasi hisobga olinadi.

Uchrashuv yakunida “Scope Investment” kompaniyasining yo‘l harakatini boshqarish bo‘yicha aniq tijorat takliflarini taqdim etish bo‘yicha kelishib olindi.

Scope Investment” 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan. Tashkilot investitsiya xizmatlari va ko‘chmas mulk sohalarida faoliyat yuritadi. 6 ta filial, sho‘ba va assotsiatsiyalarga ega.


Avvalroq “Spot” BAAning “Masdar” kompaniyasi Navoiyda shamol elektr stansiyasini qurishi haqida yozgandi.

500 megavatt quvvatga ega Zarafshon shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish bitimlari imzolandi.