Joriy yilning sakkiz oyi davomida Rossiyaning Saratov viloyatida 3402 nafar xorijlik fuqarolarga qiymati 36,5 mln rubllik tibbiy xizmat ko‘rsatilgan. Bu haqda “ТАСС” xabar bermoqda.

Tibbiy xizmatdan asosan Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston hamda Ukraina fuqarolari qatorida o‘zbekistonliklar ham foydalangan.

O‘tgan 2021-yilda Saratovning tibbiy turizm xizmatlaridan foydalangan xorijliklar soni 1885 nafarga yetib, xizmatlar miqdori 17,5 mln rubl — 104,7%ni tashkil etgan.

Vazirlikka ko‘ra, 2024-yilgacha tibbiy xizmatlar eksportini 4 barobarga oshirish rejalashtirilgan.


Avvalroq O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlangandi.

Unga ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.