Yangilandi: ayrim sabablarga ko‘ra uchrashuv o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.


“Paynet”, “Obke.uz”, “Lebazar.uz” brendlari, “Astrum” IT-Akademiyasi asoschisi hamda “Khan Academy” rahbari Botir Arifjanov ishtirokida “IT-sohasida qanday qilib top-menejer bo‘lish mumkin” mavzusida ma’ruza o‘tkaziladi. Bu haqda “Spot"ga “Alpha"ning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda spiker biznesda tavakkal qilish va ta’limga sarmoya kiritish kelajak uchun arzirli ekanligi haqida so‘z yuritadi.

Shuningdek, ma’ruzada quyidagilar haqida mulohazalar bildiriladi:

  • menejerlar IT-kompaniyalarini tanlashi, IT-sohasi “trend"ga chiqayotgani;
  • texnologik kompaniyalar qanday mutaxassislarga muhtoj;
  • iqtidorli IT-mutaxassislarni topish yo‘li hamda O‘zbekistonda IT-sohasining yaqin besh yil ichidagi o‘zgarishi.

Uchrashuvda IT-sohasidagi top-menejerlar va jamoa yetakchilari, shuningdek, IT-loyihalar bilan ishlashni xohlovchi marketologlar va qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Ma’ruza 24-sentabr kuni soat 12:00 da “Alpha"da o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Avvalroq tadbirkor “Mening muvaffaqiyatlarim va kamchiliklarim: muvaffaqiyatli IT-startapni qay tarzda ishga tushirish va boshqarish kerak” mavzusida Startup uchrashuvida ma’ruza qilgandi.