“Dori-Darmon” kompaniyasining ustav kapitalidagi 51% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoniga professional konsalting kompaniyasini tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilingandi.

Hozirda mazkur kompaniya aktivini sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish bosqichi boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Talabgorlardan arizalar joriy yilning 20-oktabriga qadar havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Kompaniya haqida

Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi — O‘zbekiston farmatsevtika bozoridagi yetakchi ulgurji va chakana savdo kompaniyasi hisoblanadi.

Kompaniyaning hududiy bo‘linmalari tarkibiga 8 ta aksiyadorlik jamiyati va 12 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, 17 ta omborxona, 15 ta tahlil laboratoriyasi kiradi.

“Dori-Darmon” АK va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan 2280 dan ortiq ijtimoiy dorixona tashkil etilgan boʼlib, dorixona filiallarining 70%i chekka hududlardagi qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan.

2021-yilda kompaniya 402 mlrd so‘m sof tushum va 32,7 mlrd so‘m sof foyda oldi. Ustav fondi — 86,3 mlrd so‘m.