Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Unga ko‘ra, aviakompaniya Urumchi va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

Birinchi yo‘lovchi reysi 14-oktabrga belgilangan. Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

China Southern Airlines” — Xitoyning Guandun viloyati, Guanchjou shahrida joylashgan aviakompaniya, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Avvalroq “FlyDubai” kompaniyasi Samarqand va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar berilgandi.

Aviaqatnovlar Samarqandga 20-sentabrdan seshanba va juma kunlari, Namanganga esa 24-sentabrdan amalga oshirildi.

Shuningdek, “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Quvayt-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishi ma’lum qilindi.