Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston agrosanoat sektorida “yashil” innovatsiyalarni ilgari surmoqda. Bu haqda bank saytida ma’lum qilingan.

Bank “UzCarlsberg"ga kompaniyaning kapital xarajatlarini moliyalashtirish va resurslarni boshqarishni yaxshilashga 14 mln yevro kredit ajratadi.

Mablaglar CO2 ni qayta tiklash tizimini o‘rnatishga, shuningdek, qaytariladigan qadoqlash ulushini sezilarli darajada oshirish orqali qadoqlash amaliyotini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Loyiha doirasida kompaniya filtrlash va sovutish tizimlarini yaxshilaydi va tabiiy sovutgichlarda ishlaydigan sovutish moslamalarini sotib oladi.

Bugungi kunga qadar YeTTB O‘zbekistonda 113 ta loyihaga 3,6 mlrd yevroga yaqin sarmoya kiritgan.


Avvalroq “Spot” YeTTB O‘zbekistonga 9 mln yevro ajratishi haqida yozgandi. Mablag‘lar maxsus yerlarni rekultivatsiya qilishga yo‘naltiriladi.