Ustoz va murabiylar kuni munosabati bilan 1−2-oktabr kunlari “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov jadvali:

  • Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16;
  • Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48;

Qo‘shimcha ma’lumotni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” prezident transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha vazifalar belgilab bergani haqida yozgandi.