Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdori belgilandi. Hujjat lex.uz maʼlumotlar bazasida mavjud.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda yuridik shaxslar mayning faoliyati uchun — BHMning 10 baravari (3 mln so‘m) miqdorida yig‘imlar to‘laydilar.

Xizmatlar provayderlari bo‘yicha esa BMHning:

  • kripto-birja faoliyati uchun — 400 baravari (120 mln so‘m);
  • mayning-pul faoliyati uchun — 100 baravari (30 mln so‘m);
  • kripto-depozitariy faoliyati uchun — 5 baravari (1,5 mln so‘m);
  • kripto-do‘kon faoliyati uchun — 20 baravari (6 mln so‘m).

Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.


Litsenziya berish talablari

Avvalroq “Spot” kripto-aktivlar sohasidagi provayderlarni litsenziyalash tartibi belgilani haqida xabar bergandi.

Xizmatlar provayderlari serverlarini O‘zbekiston hududida joylashtirishi, kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni besh yil davomida saqlashi kerak.

Iqtisodiy jinoyatlar, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar boshqaruvchilik qilmaydi.

Offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning litsenziya olishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari, kompaniyalar kriptovalyuta muomalasi sohasidagi faoliyat uchun to’lovlarni o’z vaqtida to‘lashlari shart.