Avgust oyida “Flynas” aviakompaniyasi Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

Kompaniya Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini oshirmoqchi, xabar berdi “Zawya” axborot agentligi.

Endi Saudiya Arabistonining aviakompaniyasi shaharlar o‘rtasida haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

Parvozlar joriy yilning 15-noyabridan boshlab, Jiddadan Toshkentga Airbus A320 tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, reyslar avvalgidek Boku orqali amalga oshiriladi:

  • Jiddadan jo‘nab ketish 06:15, Bokuga qo‘nish 12:10 dan 13:05 gacha, Toshkentga qo‘nish 16:45 da;
  • Toshkentdan jo‘nash soat 17:55, Bokuga qo‘nish 20:05 dan 20:55 gacha, Jiddaga yetib kelish soat 1:00.

Qo‘shimcha reyslarning yo‘lga qo‘yilishi talabning ortishi bilan izohlanib, Makka va Madinani ziyorat qilish uchun kelayotgan ziyoratchilarni tashishni osonlashtirishi ta’kidlanadi kompaniya xabarida.

Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning safarini osonlashtirishga moʻljallangan platformani ishga tushirgandi.