Yandex 2023-yil O‘zbekistonda dasturlash maktabini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek kompaniya yoqilg‘i quyish xizmatini ishga tushiradi.


AQShda joylashgan Simmons universiteti bakalavriat uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Nomzodlar o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, til bilish sertifikati va boshqa mezonlar asosida tanlab olinadi.


UZCARD kontaktsiz to‘lovlar uchun yangi Uzcard Pay ilovasini taqdim etdi. U qanday ishlaydi

Ilova faqat Android tizimida amal qilib, iOSda foydalanish imkoni mavjud emas.


2023-yil inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda — Markaziy bank

Yil yakuni bo‘yicha esa 12−12,5% atrofida shakllanadi.


O‘zbekistonda o‘zbek tilida muloqot qiluvchi Muxlisa — ovozli yordamchi loyihasi ishlab chiqilmoqda

U orqali matnni nutqqa, nutqni esa matnga aylantirish va o‘zbek tilidagi boshqa ovozli buyruqlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yandex Go Nukus, Qarshi va Urganchda ishga tushiriladi. Hozirda kompaniya yo‘lovchilar va haydovchilar uchun qo‘shimcha bepul hayot va sog‘liq sug‘urtasi dasturini ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
  2. Huawei va IT Park hamkorlikda O‘zbekistonda BPO markazlarini ishga tushiradi. Markazlar aqlli qurilmalar ekotizimlari va qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ta’minlanadi.
  3. Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma qanday olinadi. Buning uchun elektron litsenziyalash tizimi va Yagona portal orqali murojaat etiladi.
  4. Tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik va jazo choralariga uch yillik moratoriy joriy etiladi. Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning huquqiy himoyasi bo‘yicha farmon loyihasini ishlab chiqildi.
  5. “Silk Avia” aviakompaniyasi 10 ta samolyot xarid qiladi. Aviakompaniya 2025-yilga borib ichki yoʻnalishlarni toʻliq qamrab olishni rejalashtirgan.
  6. O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi. “Spot” noyabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.
  7. “Apelsin” banki “Uzum” kompaniyalar guruhiga qo‘shilib, nomini o‘zgartiradi. Mijozlar bitta ilovada karta va kreditni rasmiylashtirish, tovar xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  8. “Turkiston Bank"da aholining taxminan 368 mlrd, “Hi-Tech Bank"da esa 5 mlrd so‘m mablag‘lari bor — Mamarizo Nurmuratov. Hozirgi vaqtda aholining ikki bankdagi hujjatlari va omonatlari “Qishloqqurilishbank"ga o‘tkazilmoqda.
  9. Samarqandda IT Village ochildi. Unda MTM tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilari bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
  10. Taksi haydovchilari qanday qilib o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga qo‘shilishi mumkin. 1-sentabrdan buyon 31 mingdan ziyod taksi haydovchisi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi.