“EPAM Uzbekistan” oflayn “Golang” o‘quv dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quv dasturda oddiy va samarali kod yozish uchun “Go” (yoki Golang) dasturlash tili o‘rgatiladi.

Shuningdek, treningda quyidagilar haqida ma’lumot beriladi:

  • Go tilini asosiy sintaksisdan tortib oqim sinxronizatsiyasigacha o‘rganish;
  • til va standart kutubxonalarning asosiy xususiyatlarini o‘zlashtirish;
  • CI/CD, konteynerlashtirish bilan tanishish;
  • toza kodning foydali odatlariga ega bo‘lish;
  • server dasturlarini ishlab chiqishda asosiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Mashg‘ulotlar noyabr oyida boshlanadi va haftasiga bir marotaba oflayn tarzda, ingliz tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batasil bu yerda tanishish mumkin.


Avvalroq “Spot” Toshkentda IT bo‘yicha “The Rolling Scopes” konferensiyasi o‘tkazilishi haqida yozgandi.