“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan elektrotexnika sanoati korxonalari faoliyatining 9 oylik yakuni bo‘yicha ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oyilarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,6 trln so‘mni tashkil etdi, eksport hajmi esa $585 mln.dan oshdi.

“GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropa davlatlariga, umuman olganda 50 ga yaqin mamlakatlarga elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi.

Hududlarda 36 ta loyiha ishga tushirilib, buning natijasida 1200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.

Shunungdek, Rossiyaning “Eldarado”, “M-Video”, “DNS Atlas”, Fransiyaning “Ashan” hamda Qozog‘istonning “Sulpak” va “Texnodom” yirik savdo tarmoqlarida mahalliy elektron mahsulotlari eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avval eksport faoliyati bilan shug‘ullanmagan Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi 13 ta korxona ilk marotaba o‘z mahsulotlarini eksportga olib chiqishdi.

Iyul oyida “М-Vide-Eldarado” Oʻzbekistonning Artel ishlab chiqaruvchisi bilan yetkazib berish boʻyicha kelishib olgandi.


Avvalroq prezident elektronika sanoati va sohani kengaytirish borasidagi vazifalarni belgilab bergandi.