“UzAuto Motors” orqali har qanday turdagi avtomobilni sotib olish uchun navbatni Yagona portal orqali masofadan tekshirish imkoniyati mavjud.

Ushbu xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar bepul foydalanishlari mumkin va hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Ushbu xizmatdan foydalanishda quyidagi jarayonni amalga oshirish zarur:

  • STIR yoki JShShIR qulay bo‘lgani belgilanadi;
  • shartnoma raqami kiritiladi va tekshirishga o‘tiladi.

Kerakli ma’lumotlar kiritilganidan keyin javob foydalanuvchiga avtomatik tarzda taqdim qilinadi.

Avvalroq “Spot” Yagona portal orqali avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini tekshirish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek, avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma qanday olinishi haqida ham ma’lumot berilgandi.