Markaziy bank joriy yilning 1-noyabr holatiga muomaladagi plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklarga oid statistikani taqdim etdi.

Unga ko‘ra, muomaladagi bank kartalari soni 32 mln 397 mingni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 576 883 taga ko‘paygan.

Bu davrda “Anor bank” muomaladagi bank kartalari sonini 1 mln.dan oshirdi.

Litsenziyalari chaqirib olingan “Turkiston bank” va “Hi-Tech Bank"larning ma’lumotlari statistikaga kiritilmagan.

Bu davrda o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 1819 taga kamayib, 430 450 tani tashkil etdi.

Shu bilan birga, o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni ortganini ham ko‘rish mumkin. Ya’ni, ularning soni 388 taga oshib, jami 19 706 taga yetgan.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktabr oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 140,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 17,9 mln so‘mga ko‘paygan.


Avvalroq, regulyator O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasiga oid statistikani taqdim etgandi.