Markaziy bank noyabr oyi uchun pul agregatlari statistikasini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, noyabrda milliy valyutadagi pul massasi 300 mlrd soʻmga oshib, 125,1 trln soʻmni tashkil etmoqda.

Umuman yil boshidan beri noyabr oyida milliy valyutadagi naqd pullar 30,3 trln soʻmgacha oshdi.

Muomaladagi naqd pullar massasi esa 2,5 trln soʻmgacha kamayib, 41,3 trln soʻmni tashkil qilmoqda.

Noyabr oyida 46,5 trln soʻmni tashkil etgan xorij valyutasidagi depozitlar esa 1-dekabrga kelib 5,5 trln soʻmga koʻpayib 52 trln soʻmga yetgan.

Avvalroq Markaziy bank joriy yilning o‘n bir oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlariga oid statistikani taqdim etgandi.

Shuningdek, regulyator tomonidan joriy yilning noyabr holatiga milliy valyutadagi bank depozitlarining foiz stavkalari bo‘yicha statistika e’lon qilindi.

Shu bilan birga, noyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1,1 mlrdga ortgani haqida xabar berilgandi.